Yashil maydonda intellektual bahs: “Eko-zakovat” bellashuvi bo‘lib o‘tdi
Qarshi davlat universitetida ekologik madaniyatni yuksaltirish va talabalarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

Qarshi davlat universiteti (t.me/qarduuz)
Qarshi davlat universitetida ekologik madaniyatni yuksaltirish va talabalarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Eko-zakovat”
bellashuvi tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati “Zakovat” NNT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu bilimlar bahsida oliygoh talabalaridan iborat 40 dan ortiq jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
🍃
Tabiat qo‘ynidagi bilimlar sinovi
Bellashuvning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy xonalarda emas, balki universitetning musaffo havoli
yashil maydonida
bo‘lib o‘tdi. Talabalar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, “yashil energiya” va turli mavzularga oid 20 ta savolga javob izlab, mantiqiy fikrlash va tezkorlik qobiliyatlarini namoyish etdilar.
🏆
G‘oliblar va munosib rag‘bat
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan
3 ta jamoa
esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

