“Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari” mavzusida insho tanlovi
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida

Qarshi davlat universiteti (t.me/qarduuz)
Joriy yilning
18-sentyabr kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida
“
Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari
” mavzusida tashkil etilgan
insho tanlovining fakultet bosqichi
o‘tkazildi.
Tanlovni fakultetning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Farrux Muqimov
ochib berib, mazkur tanlovning yoshlarning
tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini oshirish
, mustaqillik g‘oyalarini chuqur anglash hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga tanlovda faol qatnashish, o‘z fikrlarini mustaqil va ijodiy yondashuv asosida bayon etishlari uchun muvaffaqiyat tiladi.
Tanlov davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarining
bilim va dunyoqarashi, tarixiy tafakkuri hamda ijodiy qobiliyatlarini
namoyon etdilar.

