Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda
Workshop Bandlik

Qarshi davlat universiteti (t.me/qarduuz)
#Workshop
#Bandlik
#KelajakTadbirkori2026
🎓
Bitiruvchilar uchun muhim qadam
Qarshi davlat universitetida bitiruvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirishga qaratilgan
Workshop seminar-treninglari
davom etmoqda.
18-sentyabr kuni
Pedagogika, sport va san’at fakulteti
bitiruvchi talabalari uchun tashkil etilgan seminarda “Kelajak markazi”, O‘zMilliybank AJ Qarshi filiali
“Kelajakka qadam”
dasturi mas’ullari hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda yoshlarning
bandligi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish
masalalari muhokama qilindi. Shuningdek,
“Kelajak tadbirkori–2026”
dasturi doirasidagi moliyaviy imkoniyatlar, kredit mahsulotlari va tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

