Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich
Qarshi davlat universiteti Amaliy matematika kafedrasi professori
O‘zi haqida qisqacha (BIO)
Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich 1974-yil 2-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Qarshi davlat universitetining Amaliy matematika va informatika yo‘nalishini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor. QarshiDUda o‘qituvchilikdan boshlab kafedra mudiri, fakultet dekani hamda uzoq yillar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda universitet professori sifatida ilmiy rahbarlik va pedagogik faoliyat olib bormoqda.
