Ravshanov Olim Poyonovich
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati
O‘zi haqida qisqacha (BIO)
Ravshanov Olim Poyonovich Qarshi davlat universitetida bakalavriat (2002) va magistratura (2004) bosqichlarini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Universitetda 12 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib, dekan muovini va dotsent lavozimlarida ishlagan. So‘ngra yoshlar ishlari, ma’naviyat-ma’rifat, mahalla va jamoat boshqaruvi tizimida qator rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. Hozirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i va viloyat Kengashi deputati.
