Panjiyev Maqsud Aliqulovich
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
O‘zi haqida qisqacha (BIO)
Panjiyev Maqsud Aliqulovich 2003-yilda Qarshi davlat universitetini Matematika va informatika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Keyinchalik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olgan, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ta’lim tizimida o‘qituvchilikdan boshlab, tuman hokimi o‘rinbosari hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari darajasigacha bo‘lgan mas’uliyatli boshqaruv yo‘lini bosib o‘tgan.
