Nematov Sherzod Qalandarovich
Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti) rektori, professor
O‘zi haqida qisqacha (BIO)
Nematov Sherzod Qalandarovich 2005-yilda Qarshi davlat universiteti Fizika-texnika fakultetini tamomlagan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. QarshiDUda ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlab, dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifalarida xizmat qilgan. 2023-yildan buyon Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti) rektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
