Muratov Shuxrat Kaxarovich
Yirik tadbirkor va ishlab chiqaruvchi, “Alp Texno Servis” XK rahbari / asoschisi
O‘zi haqida qisqacha (BIO)
Muratov Shuxrat Kaxarovich Qarshi davlat universiteti Matematika fakultetida tahsil olgan. 2005-yilda Qarshi shahrida maishiy elektronika va texnika jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Alp Texno Servis” korxonasiga asos solgan. Ko‘p yillardan buyon viloyatda zamonaviy elektrotexnika ishlab chiqarishni rivojlantirib kelmoqda. 2023-yilda tadbirkorlik sohasidagi alohida yutuqlari uchun Prezident farmoni bilan davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
